
Язык:
Узбекский
Тип письма:
Латинский
Обложка:
Мягкая обложка
Локация
Наманганская область, Чартакский район
Опубликовано
27 апр. 2026 г.
Xalq og'zaki ijodi millat ko'zgusidir.Bu shunday ko'zguki,unda bir millatning o'tmishi,kelib chiqishi bor boʻy-basti bilan gavdalanadi.Bugina emas,biz millatning bugungi ahvolini tahlil qilmoqchi bo'lsak ham xalq og'zaki ijodiga yuzlanamiz. O'zbek xalq og'zaki ijodichalik rang-barang,sara va mukammal xazinani topish mahol.Ikkita so'zdan iborat maqollardan tortib,yuzlab sahifalarni band qilgan dostonlargacha bu xilma-xillikdan bahramand bo'lishingiz mumkin.Topishmoqlar,chaldirmoqlar,qo'shiqlar,ertaklar ma'naviy xazinamiz naqadar boyligini ko'rsatadi.Jahon adabiyoti miqyosida olsak ham,xalq og'zaki ijodi va mifologiya qayta-qayta murojaat qilinadigan qiziqarli mavzudir. Biz bir guruh folklorshunos olimlar va nashriyot jamoasi siz kitobxonlarga mana shu xazinani ilinishni maqsad qilganmiz.Zero,o'zligini,o'tmishini,qayerdan kelganini anglagan avlodlargina munosib kelajak yaratishga qodirdirlar.