
Rey Bredberi
59 000 so'm
Sovg'a qilish yoki so'rash
Jasur
Toshkent shahri, Sergeli tumani
Til:
O'zbek
Yozuv turi:
Kirill
Muqova:
Yumshoq muqova
Joylashuv
Toshkent shahri, Sergeli tumani
Joylashtirilgan
9-sentyabr, 2026
Hayot tezlashgan, bir xillik tenglik deb ataladigan, odamlar bir-birini eshitmaydigan, fikrlashdan toʻxtagan, hurlik mahv etilgan… Bu jamiyatda kitoblar aql kushandasi sanaladi, taqiqlar tufayli odamlar asta-sekin ulardan voz kechadi, adabiyotdan qoʻrqadi. Ular faqat quloqlaridagi “chigʻanoq”lardan taraladigan maʼnisiz musiqadan mast, reklamalardan sarhush yashaydi.Kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qiluvchi ushbu asar bosh qahramoni Gay Monteg – oʻt oʻchiruvchi. Nomi oʻt oʻchiruvchi, ammo kitoblarni ular topilgan uylar bilan qoʻshib yoqish uning aʼmolidir. Ammo kuni kelib, u oʻz kasbining toʻgʻriligiga shubhalanib qoldi va asta-sekin fikrlashni istayotganini sezdi, ana shundan boshlangan isyon ortidan u oʻzi yashab turgan jamiyatdagi tutumni, tartibotni savol ostiga ola boshladi. Alaloqibat u oʻzi kabi insonlardan iborat yashirin guruhga qoʻshildi…